Argentinalik futbolchi hali formaga kirib ulgurmagan. Uning debyuti 29 avgustgacha sodir bo'lmaydi. O'sha kuni parijliklar 4-tur doirasida "Reyms"ga qarshi o'yin o'tkazishadi.
Bugungi o'yinda Idriss Guyening safga qaytishi kutilmoqda. Bahsda Neymar, Di Mariya, Peredes, Markinos, Verratti va Donnarummaning maydonga tushishi so'roq ostida. Serxio Ramosda esa jarohat bor.
Eslatib o'tamiz, PSJ - "Strasbur" o'yini bugun Toshkent vaqti bilan 23:55dan so'ng boshlanadi.