28 yoshli futbolchining yangi ish joyi "Lion"dir. Tomonlar muzokaralarga kirishishgan va transfer borasida kelishuvga erishishga yaqinlar.
Kurzava Ashraf Xakimining jamoaga kelishi sabab PSJdan ketmoqda. Marokashlik bilan shartnoma imzolangani sabab Levenning Parij klubidagi o'yin amaliyoti kamayib ketadi.
Kurzava 2015 yildan beri poytaxt jamoasida to'p tepadi. Himoyachining amaldagi shartnomasi 2023/24 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.