Messi «Monpelye»ga qarshi o‘yinni ham o‘tkazib yuboradi
24.09.2021 / 15:00 | 258
Messi «Monpelye»ga qarshi o‘yinni ham o‘tkazib yuboradi
«PSJ» hujumchisi Lionel Messi Fransiya chempionatining 8-turidan o‘rin olgan «Monpelye»ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin. 34 yoshli futbolchi hali jamoaviy mashg‘ulotlarga qo‘shilmadi.
U shanba kuni mashg‘ulotlarda ishtirok etishi kutilmoqda. Murabbiylar shtabi «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin oldidan argentinalik futbolchining sog‘lig‘i borasida tavakkalga qo‘l urmasa kerak.