Pochettino Messining «PSJ»dagi muammolari sababini aytdi
27.09.2021 / 21:00 | 294
Pochettino Messining «PSJ»dagi muammolari sababini aytdi
«PSJ» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino argentinalik hujumchi Lionel Messi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Messi - dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi. Lekin u ham inson ekanligini tushunish kerak, shuning uchun unga moslashish uchun vaqt kerak. Messi o‘zini uydagidek his qilishi kerak. U yangi jamoadoshlari bilan yaqindan tanishayotgan payt. Leo klub bila katta g‘alabalarga erishmoqchi. Uning bu yerga kelishdan maqsadi sovrinlar yutish», - dedi Pochettino BBC nashriga.