Maurisio Pochettino boshchiligidagi «PSJ» murabbiylar shtabi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin uchun jamoa qaydnomasini e’lon qildi.
Parijliklarning yakuniy tarkibidan yarimhimoyachi Marko Verratti va hujumchi Lionel Messi o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, italiyalik va argentinalik futbolchilar yaqin vaqtgacha jarohat olgan bo‘lib, ularning muhim jang oldidan ishtiroki shubhali edi.
«PSJ» bugun Toshkent vaqti bilan 00:00 da «Man Siti»ni qabul qiladi.