Malumotlarga qaraganda, argentinalikning daromadi kamida 122 million evro bo'ladi. Bu ikki mavsumlik maosh (41 milliondan) va bonus (40 million).
Bundan tashqari, 34 yoshli futbolchining shartnomasida CHempionlar Ligasidagi g'oliblik, "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish va boshqalar uchun bonuslar kiritilgan.
Eslatib o'tamiz, Messi hamda PSJ o'rtasidagi kelishuv yana bir yilga uzaytirilishi ham mumkin, shu bois summa yana o'sishi mumkin.